

Bunga AQSH prezidenti Donald Trampning olib borayotgan siyosati sabab bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak mundial AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Peticiya muallifi, jurnalist Teun van de Keyken o'z qarorini quyidagicha izohladi:
"Biz futbolchilarimiz ushbu turnirda ishtirok etib, Trampning migrantlarga nisbatan shafqatsiz siyosatini bilvosita qo'llab-quvvatlashini istamaymiz. Grenlandiyaga nisbatan ekspansionistik harakatlar va boshqa siyosiy qarorlar fonida hech narsa bo'lmagandek musobaqada qatnashish ushbu rejimni tan olish bilan barobar", - deya ta'kidladi jurnalist.
Ushbu peticiya Niderlandiya bosh qonun chiqaruvchi organi - Bosh shtatlarning Ikkinchi palatasiga ko'rib chiqish uchun taqdim etildi.



