

Xabar qilinishicha, futbolchi chap to'pig'idan jarohat olgan.
Matbuot xizmatining takidlashicha, bosh murabbiy Dide Desham uning o'rniga "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni chaqirgan. Futbolchi allaqachon Fransiya terma jamoasi joylashgan hududga yetib kelgan.
Eslatib o'tamiz, francuzlar 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash doirasida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu hafta davomida Fransiya Ukraina va Finlyandiya terma jamoalari bilan o'ynaydi.



