Neymarning agenti 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2017, 17:43
"Barselona" hujumchisi Neymarning agenti Vagner Ribeyro 5 yil 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ribeyro 2002-2005 yillarda soliq to'lamagani uchun Braziliya sudi unga nisbatan bu qarorni chiqardi. Ribeyro ushbu vaqt oralig'ida 1 mln. 220 ming evro ishlab topgan, ammo soliq dekloraciyasida bu mablag'ni 165 ming evro qilib ko'rsatgan.

Sud qaroriga ko'ra, Ribeyro yarim ochiq qamoq rejimida bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globoesporte