Neymar va "Real" futbolchilari Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2025
Braziliya terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida JCH-2026 saralash bahslarida ishtirok etadi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Chili va Boliviyaga qarshi JCH-2026 saralash bahslari uchun milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.


Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Bento Krepski ("Al Nassr"), Ugo Souza ("Korintians");


Himoyachilar: Alessandro ("Lill"), Aleks Sandro ("Flamengo"), Kayo Enrike ("Monako"), Duglas Santos ("Zenit"), Fabrisio Bruno ("Kruzeyro"), Gabriel Magalyaes ("Arsenal"), Markinos (PSJ), Vanderson de Oliveyra ("Monako"), Uesli Fransa ("Roma");


Yarim himoyachilar: Andrey Santos ("Chelsi"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Kazemiro ("Manchester Yunayted"), Joelinton ("Nyukasl"), Lukas Paketa ("Vest Xem");


Hujumchilar: Estevao ("Chelsi"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Joao Pedro ("Chelsi"), Kayo Jorje ("Kruzeyro"), Luis Enrike ("Zenit"), Mateus Kunya ("Manchester Yunayted"), Rafinya Dias ("Barselona"), Risharlison ("Tottenxem").


Takidlash kerakki, Anchelotti "Santos" hujumchisi Neymar va "Real"ning braziliyalik o'yinchilaridan hech kimni milliy jamoaga chaqirmadi. Murabbiy o'tgan mavsum Madrid jamoasini boshqargan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: cbf.com.br