Neymar qancha muddatni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi
Mirjalol Normatov
14 dek 2020
"RMC Sport" jurnalisti Muhammad Buxafsi PSJ hujumchisi Neymarning jarohati unchalik jiddiy emasligini ma'lum qildi.
28 yoshli braziliyalik futbolchi 10-15 kunni o'tkazib yuboradi. U katta ehtimol bilan 6 yanvar kuni "Sent Eten"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin.
Ushbu mavsumda Neymar milliy chempionatda 7 o'yinda 3 gol va 3 assist qayd etdi.