Neymar: "O'tgan ishga salavot"

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020
PSJ hujumchisi Neymar muxlislar bilan og'irlashib borayotgan munosabatlari haqida gapirdi.

O'tgan yozda braziliyalik futbolchi jamoadan kyetish istagi borligi haqida gapirgandi. Shu boisdan 222 millionlik futbolchining muxlislar bilan munosabati biroz yomonlashgandi.

"Parijga kelishim faoliyatimdagi eng ajoyib hissiyotlardan biri bo'ldi. Shundan buyon muxlislar meni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.

O'tgan yozda bo'lgan ishlarni barcha biladi. Endi bu tarix. O'tgan ishga salavot. Bugun men PSJ futbolchisiman va jamoa uchun borimni berishga harakat qilaman. Ajoyib mavsumni o'tkazyapmiz. Muxlislarimiz ajoyib, ularga qarshi borishni istamayman. Ular bilan yaqinligimiz yuqori darajada, bir-birimizni qattiq hurmat qilamiz", - dedi Neymar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal