Neymar MYUga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019
PSJ 12 fevral kuni Chempionlar ligasi 1/8 final doirasida "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi.

Parijliklar forvardi Neymarning ushbu bahsda ishtirok etishi so'roq ostida.

Braziliyalik "Strasbur"ga qarshi Fransiya Kubogining 1/16 final uchrashuvida (2:0) jarohat olib, maydonni ko'z yoshlari bilan tark etgan edi.

Keyinroq Neymar jarohatidan bir necha haftada qutilishi mumkinligi e'lon qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot