Neymar "Makkabi"ga urgan golini tilini chiqarib nishonlagani uchun sariq kartochka oldi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022, 15:41
PSJ hujumchisi hakamning qarorini "to'la hurmatsizlik" deb atadi.

Neymar "Makkabi" Xayfa – PSJ (1:3) uchrashuvi bosh hakamidan norozi bo'ldi.

88-daqiqada hujumchi parijliklarning uchinchi golini urdi va joriy mavsum ananaga aylanib qolgan nishonlashni namoyish qildi – qo'llarini qulog'iga qo'yib, tilini chiqargan holda. Buning uchun germaniyalik hakam Daniel Zibert braziliyalikka sariq kartochka ko'rsatdi.

O'yindan so'ng Neymar Twitter'da bu qarordan noroziligini bildirdi.

"Sportchiga nisbatan mutlaqo hurmatsizlik. Bunaqasi umuman bo'lmasligi kerak... Men hech qanday yomon qish qilmagan bo'lsam ham sariq kartochka oldim. Ular meni xafa qilishda davom etishmoqda", – dedi Neymar.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/neymarjr