Neymar klubga qaytish uchun muxlislar oldida kechirim so'ramoqchi

Alisher
24 iyun 2019
Braziliyalik forvard Neymar yozda "Barselona"ga qaytish uchun maksimum harakat qilmoqchi.

Futbolchi PSJdan "Barselona"ga o'tish maqsadida jamoatchilik oldida sobiq klubidan uzr so'ramoqchi.

Neymar yakunlangan mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 13ta assistga erishgan.

Futbolchi "Santos" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Neymar aynan 2009 yildan 2013 yilgacha "Santos"da to'p surganidan so'ng "Barselona" uni sotib olgan edi. Forvard 2017 yildan PSJga rekord (222 mln evro) mablag' evaziga ko'chib o'tgan edi.

U 2010 yildan beri Braziliya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es