Neymar Braziliya futbol federatsiyasi rahbarini haqorat qildi

Nozimov Nig'monxo'ja
17 okt 2023, 08:53
Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan janjalashgan.

  Jurnalist Xose Karlos Araujoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Neymar Rodriges bilan janjallashib, uni haqorat qilgan. Shuningdek, Braziliya terma jamoasi o'yinlarini boykot qilish bilan tahdid qilgan.

 Eslatib o'tamiz, 13 oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashining 3-turida Venesuela terma jamoasi bilan durang o'ynadi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com