Neto "Vest Xem"ga o'tishi mumkin. "Barselona" darvozabonni 12 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
24 may 2021
"Barselona" darvozaboni Neto mavsumlar oralig'ida APLga yo'l olishi mumkin.

"Vest Xem" Yevropa Ligasidagi ishtirok sabab 31 yoshli braziliyalikni xarid qilishga qarshi emas.

Kataloniyaliklar maoshlar miqdorini kamaytirish uchun Netoni 12 million evro evaziga sotishga tayyor.

Darvozabonning "Barsa" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com