Nemanya Vidich: "Bu mavsumda bir-birimiz bilan ko'p janjallashib qoldik"

Aziz Tukhtamuradov
14 may 2014, 10:01
"Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Vidich jamoadagi muhit haqida gapirib o'tdi.

"Bu yil biz bir-birimiz bilan odatdagidan ko'p janjallashdik. Chunki, biz qiyin damlarni boshimizdan o'tkazdik. Biz bir-birimiz bilan do'stmiz, lekin, vaziyatni o'zgartirish uchun ko'p bahslashdik.

Moyesning falsafasi yomon deya olmayman. Lekin, undan avvalgi uslubda yaxshiroq o'yin ko'rsatardik", - deydi yaqinda "Inter" a'zosiga aylanadigan serbiyalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru