

Oldinroq Netflix "Real" vingeri haqidagi film premerasi 2025 yilga mo'ljallanganini e'lon qilgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, avvaliga Netflix "Valensiya" bilan "Real"ga qarshi bahs (2 mart) vaqtida suratga olish ishlari bo'yicha kelishib olgan edi. Biroq barcha detallar muhokama qilinganidan so'ng, klub stadionda suratga olishni taqiqladi. Ma'lum bo'lishicha, "Valensiya" "Mestalya"dagi suratga olish ishlaridan foyda olishiga ishonmayapti. Bundan tashqari, klubdagilarning fikricha, film "o'yinda nima bo'lishidan qatiy nazar, jamoani yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin". LaLiga ham "Valensiya"ning qarorini qo'llab-quvvatladi.



