"Neftchi"ni yana bir futbolchi tark etdi. Dilyorbek Irmatov “Metallurg”da

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2018
“Neftchi” himoyachisi jamoani o'zgartirishga qaror qilgan ko'rinadi.

Futbolchilik faoliyati davomida bungacha faqat “Neftchi”da o'ynagan Dilyorbek Irmatov kuni-kecha jamoa bilan xayrlashdi. Katta ehtimol bilan 29 yoshli futbolchi bekobodliklardan tushgan taklifni qabul qilgan. Shu bois Irmatov yaqin orada “Metallurg” mashg'ulotlariga borib qo'shiladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia