"Neftchi" U-20 Jahon chempionatida ikkita gol urgan futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Narzulla Saydullayev
30 iyul 2025, 12:04
Farg'onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Metallurg" va "Sho'rtan" klublari sobiq futbolchisi Shahzod Nematjonov "Neftchi" bilan shartnoma tuzdi. U birinchi davrani "Sho'rtan"da o'tkazdi va jarohat sabab deyarli maydonga tusha olmadi.