"Neftchi" – OKMK o'yinidagi vaziyat chetlatishga xosmidi? Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025
Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 25-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"

"Sho'rtan" o'yinchisi to'pga etmoqchi bo'lib, ehtiyotsizlik bilan raqibining o'ng oyog'iga chap oyog'i bilan urilib, qoida buzilishga yo'l qo'ydi. To'g'ri qaror – 11 metrlik jarima zarbasi va to'pga etishish harakati bilan raqibni gol urish uchun aniq imkoniyatdan mahrum qilgani uchun sariq kartochka berilishi kerak edi.

P.S. Hakam ushbu holatda qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatmadi.



✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"

"Sho'rtan" himoyachisi xavfsizlikni o'ylamasdan, mutlaqo ehtiyotsiz tarzda yakkakurashga kirishdi. Dastlab u raqibining oyog'iga zarba berdi, shundan keyingina to'pga ozgina tegdi. To'g'ri qaror – qo'pol o'yin uchun penalti belgilash va ogohlantirish.

P.S. Hakam bu vaziyatda ham sariq kartochka ko'rsatmadi.


✅ "Andijon" – "Sho'rtan"

Ikkala o'yinchi ham to'pga intilmoqda, ammo hech biri unga eta olmayapti. "Sho'rtan" jamoasi futbolchisining yiqilishiga oyoqlar o'rtasidagi to'qnashuv sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish. VAR asossiz ravishda aralashdi.


✅ "So'g'diyona" – "Surxon"

"So'g'diyona" o'yinchisi raqibining oyog'iga zarba berib, ehtiyotsiz tarzda to'p uchun kurashmoqda. Yakkama-yakka kurashga kirishish xususiyatidan tashqari, bu holatda harakatlar juda shiddatli bo'ldi. To'g'ri qaror – sariq kartochka ko'rsatish (bu oxir-oqibat o'yinchi uchun ikkinchi ogohlantirish bo'ldi).


✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"

"Bunyodkor" himoyachisi qo'lini tanasidan uzoqlashtirgan holda o'ynagan, bu uning tanasini g'ayritabiiy ravishda kengaytirgan. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.


✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"

"Navbahor" hujumchisi to'pni darvozaga yo'naltirmoqchi bo'lib, oyog'i bilan darvozabonga tegib ketdi. To'g'ri qaror – golni bekor qilish va "Bunyodkor" foydasiga jarima zarbasi belgilash.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"

"Qizilqum" o'yinchisi raqibning oldinga harakatlanishiga haqiqatan ham to'sqinlik qiladigan ushlashni amalga oshirgan. Burchakdan tepilgan to'p kurash olib borayotgan futbolchilar zonasiga yo'naltirilgan. To'g'ri qaror – penalti belgilash va sportga xos bo'lmagan xatti-harakat uchun sariq kartochka ko'rsatish.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"

"Qizilqum" o'yinchisi haddan tashqari kuch ishlatib, yakkama-yakka kurashga kirishdi. U to'piqdan yuqoriroq tana a'zosini "ezg'ilash"ga qaratilgan usul bilan tashlanib, oqibatda raqibining oyog'ini sindirish xavfiga yo'liqtirdi. To'g'ri qaror – o'yin qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi uchun qizil kartochka ko'rsatish.


❌ "Paxtakor" – "Qizilqum"

Bizningcha, hakam "Paxtakor" foydasiga penalti belgilab, xato qildi. Bu oddiy kurash edi: raqibning qo'lini ozgina ushlab turish uning keyingi harakatlariga ta’sir ko'rsatmagan va yiqilishiga sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.


❌ "Neftchi" – OKMK

"Neftchi" o'yinchisi ehtiyotsizlarcha yakkama-yakka kurashga kirishib, raqibining to'pig'iga butsa tishlari bilan tegib ketdi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi belgilash va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish. Bu vaziyatda maydondan chetlatish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas: to'pni o'ynashga urinish mavjud, o'yinchi to'qnashuv oqibatlarini yumshatish uchun oyog'ini tortib olishga harakat qilgan, kurashga kirishish shiddati – o'rta darajada.

P.S. Hakam bu holatda sariq kartochka ko'rsatmadi.

Shu tariqa, 25-tur o'yinlarida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'ydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia