"Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvi chiptalari 28 fevral kuni sotuvga chiqadi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2018, 15:57
1 mart kuni “Neftchi” hamda “Nasaf” jamoalari Superliganing ilk turida to'qnash keladi.

O'yin Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Ayni paytda ko'plab muxlislarni chiptalarning qachon sotuvga chiqish qiziqtirmoqda. “Istiqlol” stadioni marketing xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, chiptalar 28 fevral kuni sotuvga chiqadi. Narxlar esa quyidagicha:

1.SIP – 15 000 so'm

2.Oddiy sektor – 10 000 so'm

Shuningdek, stadionda oilaviy sektorlar ham tashkil qilindi. Unga ko'ra 28-sektor oilaviy futbol muxlislariga ajratildi. 23-sektordan esa “Neftchi”ning “Jonkuyar muxlislar” fan-klubi o'rin oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz