

Birinchi bo'limning 30-daqiqasida pavlodarliklar gol o'tkazib yuborishdi - 0:1.
Ikkinchi bo'limda bosh hakam ikki marta Slaviya darvozasiga aniq penaltilarni belgilamadi, 85-daqiqada Baqoev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, bu vaziyatda hakamlar o'yindan tashqari holat deb topishdi.
Bahs 0:1 hisobida yakuniga etdi.
Ulug'bek Baqoev, Kamoliddin Murzoev va Shavkat Salomov to'p tepayotgan Irtish navbatdagi o'yinni 3 fevral kuni Gruziyaning Sioni klubiga qarshi o'tkazadi.



