Nayjel de Yong: "Suhbatlarda Bernardu Silva dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tilga olinishga arziydi"

Sherzod Nurmatov
16 fev 2022
"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Nayjel de Yong Chempionlar Ligasida "Sporting" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:0) yarim himoyachi Bernardu Silvani maqtadi.

"Bernardu Silva kutilganidan juda past baholanadi. Suhbatlarda u dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tilga olinishga arziydi. U har hafta o'zini namoyon qiladi", – deb yozdi de Yong Twitter'da.

27 yoshli portugaliyalik futbolchi "Sporting"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NDJ_Official