

Uchrashuvda Portugaliya klubi safida Viktor Gyokeresh xet-trik qayd etdi. Bahsdan keyin shvetsiyalik hujumchi MYUga ketayotgan Ruben Amorim haqida gapirdi.
"Albatta, biz Amorimni sog'inamiz. U bilan birga ko'plab g'alabalarga erishdik. Ruben bilan birga ketayotgan boshqa murabbiylar ham bizga etishmaydi. Ammo oldinga yurishda davom etishimiz kerak", - dedi Gyokeresh.
Ma'lumot uchun, Viktor Gyokeresh bu mavsum "Sporting" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib raqiblar davrozasiga 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



