"Navbahor"dan ketgan futbolchi Bahrayn klubi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2025, 07:30
Uni muxlislar yaxshi tanishadi.

2023-2024 yilgi mavsumda "Navbahor"da to'p tepgan serbiyalik himoyachi Filip Ivanovich o'ziga yangi jamoa topdi. Futbolchi Bahrayn chempionati vakili "Al Xaldia" klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaqinda ushbu jamoa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarida Ivanovichni qo'shib olganini e'lon qildi. 

Ivanovich 2024 yilgi mavsumda "lochinlar" safida Superligada 23 ta, O'zbekiston kubogida 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Chempionat bahslarida raqiblar darvozasini 2 bor ishg'ol qildi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia