

Breaking: Superligada ilk iste'fo "Navbahor"da kuzatildi
Joriy mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “Navbahor” 1-turda o'z maydonida “So'g'diyona”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:1) jamoa rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o'zgarish qilishga qaror qildi. Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, shu kungacha klubda maslahatchi – murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Viktor Romanovich Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“Navbahor”ning yangi mavsum oldidan o'tkazgan taqdimot marosimida qiziq holat ro'y bergan edi. Tadbirda so'zga chiqqan “Navbahor”ning endilikdagi sobiq murabbiyi No'mon Hasanov “Meni uslubimni bilasizlar, shu boisdan ham “Navbahor” bu yil “Barselona” bo'ladi”, - degan edi. Shundan so'ng mikrafonni qo'lga olgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov shunday dedi: “Aziz muxlislar, ochig'ini aytib qo'yay. Hasanov bunday gaplari bilan uzoqqa bormaydi, men “realchiman”.
O'zbekiston Superligasidagi ilk iste'fodan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab fikr-mulohozalar yangradi. Jumladan Tvitter tarmog'ida foydalanuvchilar ushbu holatga o'z fikrini yozib qoldirdi. Biz esa ushbu tvitlardan eng saralarini yig'ib chiqdik.
Chindan ham qiziq holat:
[instagram] Qiziq. 1-turdagi mag'lubiyat uchun N.Hasanov Navbahordan iste'foga chiqarilibdi. Hokimbuva aytganidek, Barsa uslubida ishlaydigan murabbiy 2-turgayam yetib bormadi )))) Buyog'ini kuzatamiz. Jamoa moboda 2-turda Lokomotivdan mag'lub bo'lsa yana murabbiy o'zgartiradimi? Viktor Jalilov - Navbahor bosh murabbiyi! Navbaxor - ty kosmos! https://t.co/kvNWZwKBj3 Navbahor klubi No'mon Hasanovni iste'foga chiqarib to'g'ri qilgan bo'lsa, Jalilovni bosh murabbiy etib tayinlab xato qilibdi. [/instagram]
Namanganning bosh jamoasi uchun yangi murabbiy tayinlandi. Buyog'iga nima bo'ladi endi? Taqvimni bilasizmi?
[instagram] [/instagram]
3-turda Nasaf, 4-turda AGMK, 5-turda Paxtakor bilan o'yinlarda ijobiy natija qayd etilmasachi?
Shuncha murabbiy topilarmikan ishqilib )))
Chempionat boshlanishidan avval 3 oy davomida jamoani tayyorlagan murabbiy birinchi mag'lubiyatdanoq iste'foga chiqarildi:
[instagram] [/instagram]
Uch oy No'mon Hasanov tayyorladi, xorijiy yig'in, tarkibni tanladi. Birinchi mag'lubiyatdanoq iste'fo. Direktorlar kengashi yo'q, faqat bitta hokimga qolgan futbolning bo'lishi shu.
Izohsiz:
[instagram] [/instagram]
Muxlis tomonidan yangi murabbiyning “Navbahor”ga tayinlanishi haqidagi fikri:
[instagram] [/instagram]
“Real Madrid” bir gol farqi bilan “oldinda”:
[instagram] Real - Barsa 1:0))) https://t.co/5aTWGvjFYb [/instagram]
Og'abek Samisov tayyorladi



