"Navbahor" Turkiyadagi ilk g'alabasini nishonladi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2021
Ayni paytda o'z o'quv – mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig'in doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik bahsini bugun Latviyaning “Valmiera” klubiga qarshi o'tkazdi.

Keskin kurashlar ostida o'tgan mazkur o'yinda No'mon Hasanov shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchib, Turkiyadagi dastlabki g'alabani nishonlashdi.

Takidlash joizki, ushbu uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo'limda urildi.

"Lochinlar"ning gollariga Zabihillo O'rinboev (8), Ivan Solovyov (41) va Slavisha Stoyanovich (44) mualliflik qilishgan bo'lsa, “Valmiera”ning yagona goli gruziyalik yarim himoyachi Luka Silagadze (43) hisobiga yozildi.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Mirzohid G'ofurov, Davron Hoshimov, Nikola Tasich, Sardor Telyakov, Ehsoni Panshanbe, Ivan Solovyov, Marko Putinkanin, Quvondiq Ro'ziev, Zabihillo O'rinboev, Slavisha Stoyanovich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahrom Abdurahimov, Shohruh Mahmudhojiev.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz