

O'tgan vaqt davomida oyog'idagi jarohatni davolash bilan o'tkazgan G'ayrat bugundan e'tiboran mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi. Hozircha futbolchi yakka tartibda shug'ullanib turadi.
Keyinchalik hammasi joyida bo'lsa Jo'raev umumiy guruhda shug'ullanish imkoniga ega bo'ladi. Fursatdan foydalanib, futbolchimizni tezroq oldingi sport formasini tiklab olib, o'z o'yinlari bilan “Navbahor” muxlislarini xursand qilishiga tilab bildirib qolamiz.



