"Navbahor" futbolchisi OKMKni tanladi

Khoja
20 dek 2025, 09:23
"Navbahor" darvozaboni Umid Ergashev yangi mavsumni Olmaliqda o'tkazadi.

Darvozabon "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalarining qiziqishiga qaramasdan OKMKga o'tishga qaror qilgan. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

26 yoshli darvozabon o'tgan mavsum Superligada 12 ta bahsda maydonga tushdi. U jami 16 ta gol o'tkazib yubordi va yana 4 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia