“Navbahor” – AGMK uchrashuvi muxlislarsiz o'tadi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2021
Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra, mamlakatimizda sport musobaqalari, shu jumladan, futbol o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilmoqda.

Yurtimizda hamon karantin davom etayotganligi, qolaversa, Respublika maxsus komissiyasining qarori hali ham kuchda ekanligini inobatga olgan holda, Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv muxlislarsiz o'tkaziladigan bo'ldi.       

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yin 10 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda soat 19:00 da boshlanadi. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати