"Navbahor" 2 yildan so'ng o'z maydonida yutqazdi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2018, 18:01
Superliganing 32-turida "Navbahor" klubi "Lokomotiv"ni qabul qilib 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu tariqa, "Navbahor"ning o'z maydonidagi 2 yillik mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.

"Lochinlar" oxirgi bor 2016 yilning 29 oktyabr kuni o'z uyida "Qizilqum"ga yutqazishgandi (0:2). O'sha mag'lubiyatdan 2 yil, 1 oy va 1 kun o'tgach jamoa Namanganda yutqazdi.

2017 va 2018 yilgi mavsumda "Navbahor" o'z maydonida ketma-ket 30ta uchrashuvda hech qaysi jamoaga imkoniyatni boy bermadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia