Navaf Shukrulla O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2015, 10:29
Xabaringiz bor, O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yinda bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar ishlashadi.
Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda faoliyat yuritgan.

2010 yilgi U-16 Osiyo Chempionatida guruh bosqichida Iordaniyaga qarshi o'yinda (0:0) va yarim finalda Avstraliya bilan bahsda (2:1) aynan Shukrulla ishlagan.

2011 yil Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasidagi Quvaytga qarshi o'yinda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchishgan. O'sha uchrashuvni bahraynlik hakam boshqargan.

2014 yil U-19 Osiyo Chempionatida guruh bosqichida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz Avstraliya bilan durang o'ynagan (1:1) uchrashuvda Shukrulla futbolchilarning qoidaga amal qilishini kuzatib borgan.

Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi Gongkong bilan uchrashuvda ham aynan shu hakam faoliyat olib borgan. O'sha bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.


Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia