"Nasonal": Sardor Rashidovning oldida Saudiya Arabistoni va Qatardan takliflar bor edi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019
"Nasonal" matbuot xizmati rasmiy ravishda Sardor Rashidovning transferini ma'lum qildi.

"Sardor Rashidov - O'zbekiston terma jamoasi hozirgi avlodining yulduzli vakili.

Iqtidorli va jismoniy taraflama ancha kuchli bo'lgan Rashidov qanotlarda vingerlik qiladi va hujumda ham o'ynay oladi.

So'nggi vaqtlarda u o'z jamoasi va termasi tarkibida ajoyib o'yinlar ko'rsatdi va shu boisdan Osiyo Kubogida qatnashmoqda. Uning termasi katta ehtimol bilan Osiyo Kubogining pley-off bosqichida o'ynaydi.

Sardorning oldida Saudiya Arabistoni, Qatar kabi davlatlardan takliflar bo'lsa-da, u o'z kuchini Yevropada sinab ko'rish istagi borligi bizni xursand qildi.

Sardor bilan 2,5 yillik shartnoma tuzildi", deb yozadi "Nasonal".


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia