

Ushbu yoshdagi terma jamoamiz 6-18 iyun kunlari Toshkent shahrida navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Mazkur terma jamoa safiga “Nasaf” jamoasining asosiy tarkib o'yinchilaridan Aziz G'aniev, Bobur Abduholiqov, Sharof Muhitdinov va Islom Rashidxonovlar taklif etilgan.
Shuningdek ular qatorida o'rinbosarlar safida to'p tepib kelayotgan Umidjon Ergashev hamda Doston Berdiqulovlar ham bor.
Ushbu futbolchilarimiz jamoamizning “Navbahor”ga va “Lokomotiv” jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishlari mumkin.



