"Nasaf" va "Navbahor" OCHL guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi (+jadval)

Aslanov Jasurbek
4 dek 2023, 23:17
"Nasaf" hamda "Navbahor" o'rin olgan OCHL guruhlarida 6-tur o'yinlari yakuniga etdi.

"Nasaf" guruh bosqichining oxirgi turida "Al Sadd" bilan durang (2:2) o'ynadi va o'z kvartetining yetakchisiga aylandi va keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.


"D" guruhidan joy olgan "Navbahor" so'nggi turda Hindistonda "Mumbay Siti" mehmoni bo'ldi. Namanganliklar kutilganidek hindistonliklarni mag'lub etishdi (2:1) va guruhda "Al Hilol"dan so'ng 2-o'rinni egallashdi. G'arb va sharq zonasiga ajratilgan OCHLda har bir mintaqaning 3ta eng yaxshi 2-o'rin sohiblari keyingi bosqichga yo'l olishadi. Shunday qilib, "Navbahor" mana shu 3ta eng yaxshi jamoalarning aniq bittasiga aylandi.


BARCHA GURUHLARDAGI VAZIYAT


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia