Nasaf uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2021
Nasaf futbol klubi o'tgan mavsumda jamoa safida debyut mavsumini o'tkazgan va muxlislar e'tiborini qozongan uch futbolchi bilan kelishuv uzaytirildi.

Husayn Norchaev, Abubakrrizo Turdialiev hamda Murodbek Xo'jamberdiev bilan o'rtadagi shartnoma muddatlari 2023 yil oxirigacha uzaytirildi. O'zingizga ma'lum, o'tgan mavsumda Husayn Norchaev uchala jamoamiz tarkibida harakat qilib, har uchala jamoa bilan ham sovrin yutgan futbolchiga aylangandi. Norchaev debyut mavsumdayoq Superligada uchta gol urishga erishgan. Abubakrrizo Turdialiev ham Superligada ikkita golga hammualliflik qildi. Jamoamizning yana bir umidli futbolchisi Murodbek Xo'jamberdievni Superligadagi o'yinlari bilan muxlislar ko'nglidan joy oldi deb bemalol aytish mumkin.

Nasaf futbol klubi rahbariyati hozirgi kunda bir qator yetakchi futbolchilar Marko Stanoevich, Bobir Abdixoliqov hamda Sharof Muhitdinov bilan ham muzokara olib bormoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng siz aziz muxlislarga bu haqida ma'lumot beramiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.  


Abubakrizo Turdialiev


Husayin Norchaev


Murodbek Xo'jamberdiev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz