"Nasaf" O'zbekistonda chempion bo'lgan sakkizinchi jamoaga aylandi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 18:23
Biroz oldin Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

"Ajdarlar" mazkur bahsda kichik hisobda g'alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. Shu tariqa Qarshi klubi O'zbekiston tarixida mamlakat chempioniga aylangan 8-jamoaga aylandi. Bunga qadar "Paxtakor" (16), "Neftchi" (5), "Bunyodkor" (5), "Lokomotiv" (3), "Do'stlik" (2), MHSK (1), "Navbahor" (1) Superliga oltin medallariga ega chiqqandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia