"Nasaf" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirdi

Aslanov Jasurbek
26 dek 2017, 17:17
O'zingizga ma'lum, bundan keyin superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun ilmiy guruh vakillari  A.V. Kit hamda SH. Ashirovlar  Qarshida bo'lib, "Nasaf" futbolchilarini sinovdan o'tkazishdi.

Futbolchilari quyidagi test-sinovlarini topshirishdi:

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. “Yo-Yo” test

Ushbu testlarda jamoamning 22 nafar futbolchisi ishtirok etdi.

Test sinovlarida yangi mavsumdan jamoam tarkibida to'p tepadigan bir qator yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi.

Mutaxasislar yaqin vaqtlar ichida test natijalarini "Nasaf" murabbiylar shtabiga taqdim qilishadi.

Quyida test-sinovlari jarayonidan olingan suratlarni etibooringizga havola qilamiz.




"Nasaf" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia