"Nasaf-2003" Baxtiyor Davlatov xotira turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Narzulla Saydullayev
28 apr 2017, 08:14
Yangier shahrida sobiq iqtidorli futbolchi, marhum Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Mazkur turnirda “Nasaf” futbol maktabining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar i ham ishtirok etishmoqda.

Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev murabbiyligidagi “Nasaf-2003” jamoasi musobaqaning “A” guruhida olgan holda bahslarga kirishdi.

Yosh “nasaf”chilar  uch  uchrashuvda ham raqiblarini yirik hisoblarda taslim etishdi. Jasur Ibragimov  va Umar Rahmatullaev shogirdlari bugun Yangier markaziy o'yingohida soat 10:30 da Guliston futbol internati jamoasiga qarshi so'nggi tur uchrashuvida maydonga chiqishadi.

Jamoa yarim himoyachisi Shahzod A'zamov raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritib turnir to'purarligida karvonboshlik qilmoqda.

“A” guruhida 3-turdan keyingi holatga ko'ra, 9 ochko jamg'argan holda “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari peshqadam bo'lib turibdi.

“Nasaf-2003” – Chimkent (Qozoqiston) 8-1
“Nasaf-2003” – Namangan  Futbol internati (Namangan) 6-3
“Nasaf-2003” –“Sho'rtan-2003”  (G'uzor) 5-0

Fahriddin Choriev   


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia