

"Buxoro" va "Paxtakor" o'rtasida kechadigan ushbu finalga qiziqish yuqori. Unda Aleksandr Xomyakov ketma-ket ikkinchi bor turnirda bosh sovringa ega chiqishni istayotgan bo'lsa, boshqa tomondan Kamoliddin Tojiev ham murabbiylik faoliyatida yorqin sahifa ochishi mumkin. Bunga qadar ham futbolchi, ham murabbiy sifatida faqatgina Mirjalol Qosimov va Baxtiyor Ashurmatov O'zbekiston Kubogida g'olib chiqqan. Kamoliddin Tojiev "Paxtakor"da to'p tepgan 2002,2003,2004,2005,2007,2009 yillarda Kubokda zafar quchgan.
Mirjalol Qosimov
Futbolchi sifatida: "Paxtakor" (1993, 1997, 2002,2003)
Murabbiy sifatida: "Bunyodkor" (2010, 2012,2013)
Baxtiyor Ashurmatov
Futbolchi sifatida: "Do'stlik" (1999/2000), "Paxtakor" (2001,2002,2004), "Bunyodkor" (2008)
Murabbiy sifatida: OKMK (2018)



