Kuni kecha tashlangan qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston chempionatining kumush hamda bronza medal sovrindorlari 2-turdayoq o'zaro to'qnash kelishlari ma'lum bo'ldi. Shu bois, murabbiylar 8 yanvarga mo'ljallangan uchrashuvdan voz kechishlari ham mumkin. 10 yanvar kuni "Nasaf" delegaciyasi ilk xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiyaga jo'nab ketadi. 15 yanvarda Qarag'andaning "Shaxtyor"i bilan o'yin bo'ladi. Klub bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev muxbirimiz Kamoliddin Alimov bilan suhbatda bu ma'lumotni tasliqladi.
"Oldinda biz katta sinov kutib turibdi. OCHL pley-off bosqich o'yinida ishtirok etishimiz kerak. Tayyorgarlikni ham shunga monand tarzda olib borishga harakat qilyapmiz. Tarkibda deyarli o'zgarishlar bo'lmadi. Eng muhimi, o'tgan yilgi tarkibni saqlab qoldik. Barcha yetakchi futbolchilarimiz bilan shartnomalarni uzaytirdik. Bir-ikki nafar yangi o'yinchilar qo'shilishi mumkin. Legionerlardan ko'ra, mahalliy futbolchilarga e'tibor qaratamiz. Ko'z ostimizga olib qo'ygan o'ynchilarimiz bor. Turkiyadagi yig'inda ularni ko'rikdan o'tkazamiz. 15 yanvar kuni Qarag'andaning "Shaxtyor" klubi bilan nazorat o'yini o'tkazamiz. Ustozimiz Viktor Kumikov bilan yana bir bor uchrashish imkoniyati yuzaga kelyapti", - deydi O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi murabbiyi.