"Napoli" yozda 40 mln. evrolik transfer amalga oshirishi aniq bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2019
PSV vingeri Irvin Losano faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchi Neapol klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Tomonlar 5 yillik bitim imzolshadi. Napoli meksikalik transferi uchun 40 mln. evro to'laydi.

Losano joriy mavsum PSV safida 40ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport