"Napoli" yana "Inter" yarim himoyachisini xarid qilishga urinib ko'radi

Alisher
18 noya 2021
"Napoli" o'tgan yozda ham "Inter" xavbeki Matias Vesinoning transferini amalga oshirmoqchi bo'lgandi.

Ammo, o'shanda muzokaralar boshi berk ko'chaga kirgan va transfer amalga oshmagandi.

Neapolliklar bu vaziyatni qishdayoq to'g'irlashmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Luchiano Spalletti shaxsan klub rahbariyatidan urugvaylik bilan shartnoma imzolashni so'ragan.

"Napoli"da moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar bor, shu sabab tarkibdan kimdir sotilishi ham mumkin.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport