"Napoli" xavbeki Zelinski koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
9 yanv 2022
"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski koronavirusga musbat test topshirdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 27 yoshli polshalik futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda.

Oldinroq, u vakcina qilingan va barcha qoidalarga rioya qilgan. Endi u uyida izolyaciyada bo'ladi.

Zelinski joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/en_sscnapoli