"Napoli" Viktor Osimxen bilan shartnomani uzaytiradi

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023
Neapolliklar Osimxen bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Bu haqida mashhur insayder Fabricio Romano xabar berdi. 

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Shunga qaramay, tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish niyatida.

"Napoli" asosiy hujumchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi va unga tovon puli borasidagi band qo'shiladi. Ushbu band 2024 yilning yozidan kuchga kiradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо