"Napoli", "Milan" va "Chelsi" Miranchuk transferini o'rganib chiqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
30 okt 2023
"Atalanta" rossiyalik futbolchi Aleksey Miranchuk uchun jamoa izlashni boshlab yuborgan.

Bu haqida ItaSportPress xabar bermoqda.

Ushbu mavsum 4 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmagan Miranchukning agenti ayni damda sportchi uchun boshqa klub izlash bilan ovvora.

Miranchukning amaldagi shartnmoasi 2025 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Shuning uchun "Atalanta" o'yinchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga ham rozi.

Ma'lumotlarga qaraganda, rossiyalik futbolchi xizmatlariga "Milan", "Napoli" va "Chelsi" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ItaSportPress