"Napoli" koreyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
27 iyul 2022
"Fenerbaxche" himoyachisi Kim Min Je "Napoli" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

25 yoshli koreyalik bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt bitimni 20 mln evroga baholamoqda.

Kim Min Je o'tgan mavsum "Fenerbaxche" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: sscnapoli.it