"Napoli" "Fenerbaxche"ning 19 yoshli yarim himoyachisini sotib oladi

Alisher
10 iyul 2019
"Fenerbaxche" hamda "Napoli" klublari 19 yoshli makedoniyalik futbolchining transferi borasida bir qarorga kelishdi.

"Fenerbaxche" futbolchisi Elif Elmaz tez orada klubini o'zgartiradi.

Xabar berilishicha, yarim himoyachi bugun neapolliklar klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Napoli" bilan shartnoma imzolaydi.

Transfer puli 15 million evro va bonuslarni o'z ichiga oladi.

Futbolchi faoliyatini Makedoniyaning "Rabotnichki" klubida boshlagan va shu erda ilk futbol saboqlarini olgan.

Elmaz 2017 yildan buyon Makedoniya terma jamoasida harakat qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset