

“Yigitlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirgan holda shuni aytmoqchimanki, biz nafaqat bahsli, balki darvozamizga belgilangan ikkita sharmandali penalti bois yutqazdik. Bunaqa holatlar butun Italiya futbolini izdan chiqaradi.
Birinchi holatda Dibala to'pni qabul qilib olishi bilan raqibga to'qnashib, yiqilishni maqsad qilgani bilinib turdi. Qo'pollik bo'ldi, ammo takroriy vaziyatdan so'ng ma'lum bo'ldiki, hujumchi ataylab bizning futbolchi bilan to'nashuvga kirishgan. Ikkinchi vaziyatda Reyna dastlab to'pni egallab oldi va raqib bilan to'qnashdi. Bundan tashqari ikkinchi penaltidan oldingi vaziyatda turinliklar o'z jarima maydonchalarida futbolchimizga nisbatan o'yin qoidasini buzganiga hakam e'tibor ham qaratmadi”, deydi Jintoli.



