"Napoli" bosh murabbiyi Kvaratsxeliya va Salohni solishtirdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'z shogirdi Xvicha Kvaratsxeliya bilan "Roma"da birga ishlagan "Liverpul" futbolchisi Muhammad Salohni solishtirdi.

"Bu futbolchilar zo'r, har biri o'ziga xos tarzda – shuning uchun ham biz ular haqida gapiryapmiz. Har ikkisi har qanday vaziyatda o'z jamoasi uchun vaziyat yaratishga qodir. Ular raqibni osongina aldab o'tishadi, tezlikni oshirishadi, to'pni mukammal nazorat qilishadi. Ular har doim jamoa uchun ishlaydigan oddiy yigitlar. Ularning har biri o'yinga katta hissa qo'shadi", – dedi Spaletti. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia