"Napoli" "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 iyul 2022
"Napoli" "Barselona" darvozaboni Norbertu Netuga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 33 yoshli braziliyalikni tekinga qo'yib yuborishga tayyor, shu bilan birga futbolchining o'zi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolamoqchi.

Netu 2019 yilning iyulidan beri "Barselona"da o'ynaydi. U o'tgan mavsum 4ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 5ta to'p olib chiqdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 3 million evroga baholamoqda, uning shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira