"Napoli" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
5 okt 2025, 14:25
"Napoli" 20 yoshli yarim himoyachi Kobbi Maynuni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchi hozirda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilmoqda.

Maynu o'tgan mavsumda APLda 25ta o'yinda maydonga tushdi. Biroq, u joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi, yarim himoyachi chempionatda faqat zaxiradan maydonga tushmoqda.

"Napoli" o'tgan transferlar davrida futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi. Manbalarning ma'lum qilishicha, italiyaliklar bu masalaga qishda qaytishadi. O'yin amaliyotining yo'qligi A Seriyaga o'tish uchun qo'shimcha sabab bo'lishi mumkin.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk