Namanganda futbol mahorat maktablari o'rtasidagi musobaqaning birinchi davrasi yakunlandi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2021
10 kun davom etgan futbol mahorat maktablari o'rtasidagi musobaqalar Respublikamizning 4ta hududida bo'lib o'tdi.

Namangan, Surxondaryo, Farg'ona va Buxoro viloyatlarida bo'lib o'tgan musobaqalarda 2004, 2005, 2006 va 2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar qatnashdilar.

Quvonarlisi shundaki, 2019/20 yil bo'lib o'tgan so'nggi musobaqalardan farqli ravishda, joriy mavsum o'yinlari ancha adolatli o'tdi. Yildan-yilga O'FAning bolalar bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimov va uning jamoasi bu borada ish olib borayotganining mevasini ko'ryapmiz. Murabbiylarning maoshlarini hal qiluvchi bu musobaqaning birinchi davrasi bo'yicha murabbiylardan deyarli etirozlar bo'lmaganligi, sekin asta bolalar futboliga ham adolat kirib kelayotganidan darak.

Muxbirlarimiz, Namanganda bo'lib o'tgan musobaqa tashkilotchisi, Namangan FA 1-Vice - prezidenti Shuhrat Mirxoldirshoev bilan suhbatlashdi.

"Avvalo mana shunday bolalar bayramini bizga ishonib bergan O'FA mutasaddilariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bugun Namangan viloyatidagi mavjud suniy maydonlar ko'plab tadbirlarni o'tkazishimizga sabab bo'lyapti. Namangan futbol mahorat maktabida 4ta yosh avlod vakillarining 1-davra o'yinlari bo'lib o'tdi. O'FA bilan hamkorlikda ikkiga bo'lib o'tkazilgan musobaqamizdan hafa bo'lib ketgan murabbiy bo'lmadi, deb o'ylayman. So'nggi paytlarda viloyatimizda ko'plab futbol musobaqalarni o'tkazilinishi, hakamlarimizning saviyasini oshishiga olib kelyapti", - deydi yaqin o'tmishning mohir hujumchisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia