Nahotki?! "Manchester Yunayted" Koutino bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019, 10:59
"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi Filippe Koutino bilan kelishib oldi.

"Goal" nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Koutino "Barselona"da zaxira futbolchisi bo'lib qolganidan mamnun emas. Shu boisdan u "Manchester Yunayted"da asosiy tarkibda o'ynamoqchi. O'z navbatida "qizil iblislar" braziliyalikka asosiy tarkibni vada qilishmoqda.

Futbolchi bunga qarshi emas. Transfer summasi 140 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal